Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi

Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi

✔️ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

✔️ O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash holati hamda xizmatlardan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qonun talablarining amaliy ijrosi, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✔️ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini to‘liq ta’minlash, ularga sifatli va manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda qonun ijrosini yanada kuchaytirishdan iborat.

Slide 1 of 3