Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

✅ Yig‘ilishda viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan qator masalalar muhokama qilindi.

🇺🇿 Doimiy komissiya yig‘ilishida:

✍️ Viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to'g'risida;'

🔤 Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to'g'risida;

🔤 Kattaqo‘rg‘on tumani Melixo‘ja mahallasi hududida “Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat zonasi” tashkil etish to'g'risida;

🔤 Samarqand viloyatidagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari masalalari ko‘rib chiqildi.

📌 Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosalari qabul qilinib, ularni viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

Slide 1 of 5