Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📁 Mehnat va ijtimoiy himoya sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-642 | Qabul qilingan sana: 20.10.2020

🔺 Mazkur qonun fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta’minlash, ish bilan bandlikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishsizlikning oldini olishga qaratilgan.

📝“Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-415 | Qabul qilingan sana: 26.12.2016

🔺 Ushbu qonun ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tizimini tartibga solib, ularning hayot sifatini yaxshilash va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

📝 “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-641 | Qabul qilingan sana: 15.10.2020

🔺 Mazkur qonun nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish, mehnat qilish va jamiyat hayotida teng ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga aholi bandligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda har bir inson uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan islohotlarni samarali amalga oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1