Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Yangiboyev tomonidan “Xomkon” mahallasi aholisi uchun navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va infratuzilma masalalari, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, yechimi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va tegishli choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Fuqarolar qabulida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1