Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
OBOD MAHALLA – OBOD XONADON: AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova "Obod mahalla – obod xonadon" dasturi doirasida shahardagi "Jingavuz" mahallasida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. 

Tashabbus doirasida mahalla hududidagi uzoq vaqt qarovsiz qolib ketgan va sanitariya holatini yaxshilash zarur bo‘lgan joylar tartibga keltirildi. 

Hududlar begona o‘tlardan tozalanib, chiqindilar olib chiqildi hamda atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam qilishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi.

Mazkur sa’y-harakatlar mahalla aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Obod va ozoda mahalla — farovon hayot hamda sog‘lom turmush garovidir.

Bu kabi ezgu tashabbuslar orqali mahallalarimiz yanada fayzli va yashash uchun qulay maskanga aylanmoqda. 

Slide 1 of 1