Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
💧 TOZA ICHIMLIK SUVI – DOLZARB MASALA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I. Masharipov hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Shovot tumani Kengashining jamoatchilik ishlari boʻyicha raisi R. Tillayev tomonidan tumanning chekka hududida joylashgan 13-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻrganish ishlari olib borildi.
📌 Oʻrganish davomida:
🔹 maktab va mahalla aholisining tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlanishida muammolar mavjudligi;
🔹 amaldagi suv tozalash tizimi ishchi holatda emasligi;
🔹 aholi ichimlik suvi uchun qoʻshni mahallaga qatnab kelayotgani aniqlandi.
🤝 Maktab maʼmuriyati bilan oʻtkazilgan uchrashuv yakunida hududga zamonaviy “suv filtri” uskunasini oʻrnatish yuzasidan taklif ishlab chiqildi.
📋 Mazkur tashabbus Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Xorazm viloyati boʻlinmasi tomonidan eʼlon qilinadigan davlat grantlari tanloviga kiritish uchun tavsiya etildi.
✅ Masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4