35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari F. G‘ayullayev va B. Rahmonov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga tashrif buyurdilar.

Shuningdek, ular professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, yoshlar ta’limi, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

 Uchrashuv davomida ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

 Shu bilan birga, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№ O‘RQ-443, 07.09.2017) mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

 Mazkur tashrif yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1