Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish obyektlari faoliyati va qonunchilik talablari o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi.
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said MFYdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Murod Avliyo jome masjidi qurilishida navbatdagi muhim bosqich boshlandi.
янв.21
Botir Zokirov MFYda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshoatga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan.

Payariq tumanida fuqarolarning mulk huquqi e'tirof etildi va tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.

✍️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshoatga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan.

📖Mazkur muhim voqea munosabati bilan Payariq tumani Davlat xizmatlari markazida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir Payariq tumani Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Yusupova, tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, tuman Kengashi deputati N.Ochilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Jazilovlar ishtirok etdilar.

⭐️Tadbir davomida fuqarolarga mulk huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tantanali ravishda topshirildi. Ishtirokchilar ushbu qarorning ahamiyati, uning fuqarolar hayotidagi o‘rni hamda kelgusidagi ijobiy natijalari haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 5