Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Murojaat e’tiborsiz qolmadi: ehtiyojmand oila qo‘llab-quvvatlanadi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati F.Islomova tomonidan soliq qarzdorligi bo‘yicha murojaat qilgan fuqaroning arizasi joyiga chiqib o‘rganildi. Fuqaroning xonadoniga borilib, uning yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli tahlil qilindi. 

 O‘rganishlar davomida mazkur xonadon ijtimoiy reyestrga kiritilgani, oila a’zolari orasida nogironligi bo‘lgan shaxs mavjudligi aniqlandi. Shu sababli ularning mavjud soliq qarzdorligini qoplash imkoniyati cheklangani ma’lum bo‘ldi. 

 Fuqaroning yashash sharoiti inobatga olinib, uni nogironligi bo‘lgan, mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar ro‘yxatiga kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. 

 Mazkur xonadonni ta’mirlash va munosib sharoit yaratib berish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi. 

 Deputat tomonidan murojaat e’tibor bilan o‘rganilib bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2