Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Madaniyatga berilgan e’tibor-ma’naviyatga qilingan sarmoyadir
янв.21
Murojaatchining muammosi ijobiy hal etildi. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.Gʻaybullayevga o‘z saylov okrugidagi Lolazor  maxallasi Bobir Mirzo ko‘chasi 116-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Aminov tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Muboraka Hosilova Samarqand davlat universiteti huzuridagi Ilmiy-amaliy davlat muzey laboratoriyasida bo‘ldi.
янв.21
Mo'liyon mahallasida stadion qurilsa...
янв.21
Samarqand shahar kengashi deputati Bagirov Nosir, shahar hokimi o‘rinbosari Nishonov Farxod hamda Bog‘bonlar MFY oqsoqollari va mahalla raisi Qodirov Vali ishtirokida mahalla hududidagi foydalanilmayotgan stadion holati yuzasidan o‘rganish va suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat faoliyati yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#24_ta_masala Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi: Mahallalarda ichki ko‘chalar asfaltlashtirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
“Uchtepa” ovulida yashovchi o‘quvchi yoshlar uchun muhim masala ijobiy hal etilishi kutilmoqda.

“Uchtepa” ovulida yashovchi o‘quvchi yoshlar uchun muhim masala ijobiy hal etilishi kutilmoqda.

Tuman Kengashi deputati K.Dosmurzayevaning 2026-yil 13-martdagi 7-ds-329-26-sonli deputatlik so‘roviga Konimex tumani hokimi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Mazkur so‘rovda Olis “Uchtepa” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan maktablarning o‘quvchi yoshlari tuman markazida tashkil etilib, o‘tkaziladigan fan olimpiadalari, turli tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida doimiy ravishda faol ishtirok etishlari uchun moliyaviy jihatdan maqbul transport qatnovini ta’minlash maqsadida ularni “avtobus” transport vositasi bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish so‘ralgan edi.

Javobda qayd etilishicha, mahalliy budjetning 2026-yil boshiga hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘lari hamda mahalliy byudjetning daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan avtobus sotib olib, ushbu transport vositasi bilan qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganligi ma’lum qilingan.