Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Aholi muammolari – deputat e’tiborida: Boʻstin mahallasida o‘rganish o‘tkazildi

Deputat Bahodir Normatov tomonidan Bo‘ston mahallasida kommunal xizmat ko‘rsatish holati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud infratuzilma, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari eshitildi. Fuqarolar tomonidan asosan kommunal xizmatlar sifati, xususan, yangi qurilgan isitish tizimidagi nosozliklar, ayrim hududlarda issiqlik yetib kelmasligi, 60-A ko‘ qavatli uy lifti nosoz holatdaligi, ichimlik suvi bosimi pastligi hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq kamchiliklar tilga olindi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga zarur choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berilib, masalalar deputat nazoratiga olindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanishi qayd etildi.

Slide 1 of 3