Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
BOG‘I FERUZA MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Har bir murojaat – deputat e’tiborida.
янв.21
Xalqaro hunarmandlar kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Deputat maktab hududini ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Mamanova Karomat 2-umumta'lim maktabida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. 

U maktabning hovli, o‘quv maydonchalari va boshqa ochiq hududlariga turli navdagi ko‘chatlar ekib, maktabni yanada ko‘kalamzor va obodon qilishga hissa qo‘shdi.

Deputat har bir ko‘chatni joylashtirish va ekish tartibiga alohida e’tibor qaratdi. Ko‘chatlar maktabning tabiiy go‘zalligini oshirish, havoni tozalash va o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirish maqsadida tanlandi.

Ko‘chat ekish tadbiri maktabda nafaqat ko‘kalamzorlikni oshirish, balki o‘quvchilarni tabiatga mehr bilan qarashga, ekologik mas’uliyatni his qilishga undashga xizmat qildi. 

Bu ish deputatning maktablarni rivojlantirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan faoliyatining muhim qismi bo‘ldi.

Slide 1 of 6