Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 19-Sharq saylov okrugi deputati Tadjiyeva Muxabbat Xaydaraliyevna tomonidan okrug hududidagi mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 19-Sharq saylov okrugi deputati Tadjiyeva Muxabbat Xaydaraliyevna tomonidan okrug hududidagi mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganishlar davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining texnik holati, yo‘llarning ta’mirtalab qismlari, ko‘chalar infratuzilmasi, shuningdek, tungi yoritish tizimining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Shu bilan birga, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar, harakat xavfsizligi darajasi alohida tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xususan, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, harakat xavfsizligini ta’minlash, ko‘chalarni zamonaviy yoritish tizimlari bilan jihozlash hamda ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 9