Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda yagona zamonaviy istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi
янв.21
Deputat amaliy yordami bilan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
Yangi maktab — yangi imkoniyatlar: M. Eshtemirovda shart-sharoitlar o‘rganildi.

Yangi maktab — yangi imkoniyatlar: M. Eshtemirovda shart-sharoitlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova hamda Termiz tuman Kengashi  raisi S.Nazarov birgalida kotibiyat mudiri  A.Avliyakulov saylangan hudud “M. Eshtemirov” mahallasida joylashgan 330 o‘rinli yangi umumta’lim maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan deputatlar joyiga chiqqan holda batafsil tanishdilar.

Mazkur maktab hudud aholisi, ayniqsa o‘sib borayotgan yoshlar sonini inobatga olgan holda barpo etilgan bo‘lib, zamonaviy loyiha asosida qurilgan. Ta’lim muassasasida keng va yorug‘ sinfxonalar, fan xonalari, kompyuter sinfi, kutubxona hamda o‘quvchilar uchun barcha zarur jihozlar mavjud va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun yetarli sharoit yaratilgan alohida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, mahalla aholisini qiynab kelgan muammo — maktab va aholi xonadonlari o‘rtasida qatnovda yuzaga kelayotgan noqulaylik va xavfsizlik masalasi mazkur masala deputat tashabbusi bilan ko‘tarilib, tuman hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda amaliy choralar ko‘rilganligi.

Hudud deputati tomonidan maktab o‘quvchilari xavfsizligini to‘liq ta’minlash maqsadida yangi qurilgan piyodalar ko‘prigida ayrim ishlar hali yakuniga yetkazilmagani qayd etildi. Xususan, ko‘prik atrofiga himoya panjaralarini o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida hududni yanada obodonlashtirish, qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda maktab atrofini to‘liq xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu amaliy ishlar aholi tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Slide 1 of 4