35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Deputat “Dolzarb 40 kunlik” doirasida saylov okrugidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
MUROJAAT E’TIBORDA: O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGI – ASOSIY MASALA

MUROJAAT E’TIBORDA: O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGI – ASOSIY MASALA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova nomiga "Mehnat" mahallasi saylovchilari hamda hududdagi 5-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati va ota-onalaridan jiddiy xavotir aks etgan murojaat kelib tushdi.

Muammo nimada?

Maktabga tutash yo‘lda transport qatnovi juda yuqori. Biroq, bu yerda na piyodalar o‘tish yo‘lagi ("zebra") va na maxsus ogohlantiruvchi yo‘l belgilari mavjud. Bu holat har kuni yuzlab o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Mazkur murojaat asosida deputat M.Mamurjonova tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Yo‘l xavfsizligini ta’minlash, belgilarni o‘rnatish va "zebra" chiziqlarini chizish masalasi qat’iy nazoratga olindi.

Farzandlarimiz xavfsizligi — barchamizning burchimiz!