35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
8-BAND IJROSI: Ko‘chalarni yoritish va infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroni harbiy xizmatga jalb etish masalasi o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
“Ovozi Samarqand" gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Oilaviy muammolarni o‘rganish va oilalar mustahkamligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
AHOLI MANFAATLARI UCHUN AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi asosiy mavzular:

- Prezidentimizning PQ-44-sonli qarori ijrosi doirasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasida to‘plangan mablag‘larni eng zarur ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish masalasi tasdiqlandi.

- Tumanimizning kirish ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

- 2026-yil uchun alkogol mahsulotlari savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tegishli yig‘imlarning cheklangan stavkalarini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda uzatildi.

Slide 1 of 9