35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 27-Nurli yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat Hazratqulov Abbos Yoqubjon o‘g‘li Yoshlar, Baxtli hayot, Matonat, Sayqal, Nurli yo‘l, Maysazor hamda Mehnat MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 28-Temiryo‘lchi saylov okrugidan saylangan deputat Musurmanova Shodiya Holmuratovna Temiryo‘lchilar, Ipak yo‘li, Baraka, Hunarmandlar, Hazora hamda Vatanparvar MFYlarida o‘rganishlar olib boradi. ✅ O‘rganishlar davomida:
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 10-So‘zangaron saylov okrugidan saylangan deputat Kabilov Zafar Axtamovich So‘zangaron, Abdulla Qahhor, G‘ofur G‘ulom, Chashma hamda Qo‘shchinor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 26-Bog‘dod saylov okrugidan saylangan deputat Yusupov Abdullo Boyarovich Orzu, Raxmatobod, Bog‘dod, Bog‘iston, Sevali ota, Tutzor, Turon, Hayotobod hamda Maqsud Shayxzoda MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 21-Beshchinor saylov okrugidan saylangan deputat Sarajjanova Anjelika Arturovna Al-Xorazmiy, Beshchinor, Mirzo Bedil, Abdulla Avloniy, Marxabo, Saxovat, Bahor, Semurg‘ hamda Tokzor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI: aholi murojaatlari va hududdagi masalalar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar markazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi jarayoni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Boltayeva Dilbar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI: AHOLI MANFAATI UCHUN AMALIY ISHLAR
янв.21
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
8-BAND IJROSI: Ko‘chalarni yoritish va infratuzilma holati o‘rganildi
Deputat mahallada

 Saydobodda aholi murojaatlari tinglandi: Muammolar va yechimlar 

Xalq bilan muloqot qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash deputatlik faoliyatining bosh mezonidir.  

Bugun 12-Saydobod saylov okrugi deputati N. Ubaydullayeva hamda Kengash
kotibiyati xodimi L. Iskandarov ishtirokida "Saydobod" MFY hududida
fuqarolarning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
 

Qabul davomida aholi tomonidan quyidagi muhim masalalar ko‘tarildi: 

Ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash va aholi harakati uchun qulaylik yaratish; 

Mahalladagi eskirgan simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish; 

Qabriston oldida joylashgan "Yoshlar bog‘ini" boshqa qulayroq
joyga ko‘chirish va hududni tartibga keltirish.
 

"Har bir murojaat ortida inson taqdiri va mahalla farovonligi
yotibdi."
 

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli
tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi. Ba’zi masalalar
bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilib, ijro muddatlari belgilab olindi.
  

Slide 1 of 3