Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Termiz shahar Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

Ushbu yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz shahar filiali bosh muhandisi B.Raxmonqulov 2025-yilda ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr hujjatlarini tayyorlash borasidagi bajarilgan ishlar hamda 2026-yil uchun rejalari haqida hisobot berdi. Shu bilan birga, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar ham batafsil ko‘rib chiqildi.

💬Komissiya a’zolari hisobot yuzasidan atroflicha fikr almashib, Termiz shahrida kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish sohasida qonun doirasida olib borilayotgan ishlar shahar rivojlanishida muhim omilga aylanishini, shu bilan birga korrupsiyaga qarshi samarali kurashish tizimini mustahkamlashga katta e’tibor qaratish bo‘yicha o'z taklif hamda mulohazalarini bildirdilar.

🔅 Yig‘ilish yakunida ushbu dolzarb masalani Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3