Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Deputat hududdagi Kutubxona va madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi.

16- Qumrabot saylov okrugi deputati B.Sadullayev Qumrabot MFY hududida joylashgan madaniyat muassasasi hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida muassasalarda aholi, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan ishlar, kitobxonlikni targ’ib qilish hamda madaniy tadbirlarni tashkil etish holati o’rganildi.

Deputat muassasaning mavjud sharoitlari va kitob fondi holatini ko’zdan kechirib, mas’ul xodimlar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida madaniyat muassasasi faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish taklifini berdi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholiga ko’rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yaxshilash bo’yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1