Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
“Deputat nazorati”

 “Deputat nazorati” 

  Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi N. Abrarov saylov okrugidagi “Xo‘jaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan
yangi mahalla binosi qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat tomonidan qurilish ishlarining borishi, binoning loyiha asosida barpo etilishi, qurilish sifati va muddatlariga amal qilinishi masalalari o‘rganildi. Mazkur yangi bino mahalla aholisiga yanada qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mahallada ijtimoiy ishlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, deputat qurilish jarayonida mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar bilan muloqot qilib, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.Yangi mahalla binosining barpo etilishi hudud aholisi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida mahallada olib boriladigan ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 2