Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Madaniyatga berilgan e’tibor-ma’naviyatga qilingan sarmoyadir
янв.21
Murojaatchining muammosi ijobiy hal etildi. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.Gʻaybullayevga o‘z saylov okrugidagi Lolazor  maxallasi Bobir Mirzo ko‘chasi 116-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Aminov tomonidan murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Muboraka Hosilova Samarqand davlat universiteti huzuridagi Ilmiy-amaliy davlat muzey laboratoriyasida bo‘ldi.
янв.21
Mo'liyon mahallasida stadion qurilsa...
янв.21
Samarqand shahar kengashi deputati Bagirov Nosir, shahar hokimi o‘rinbosari Nishonov Farxod hamda Bog‘bonlar MFY oqsoqollari va mahalla raisi Qodirov Vali ishtirokida mahalla hududidagi foydalanilmayotgan stadion holati yuzasidan o‘rganish va suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat faoliyati yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#24_ta_masala Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi: Mahallalarda ichki ko‘chalar asfaltlashtirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
"Axil" MFYda "Uzumbog‘" ko‘chasidagi tungi yoritish chiroqlari va beton ariqlari betonlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi

"Axil" MFYda "Uzumbog‘" ko‘chasidagi tungi yoritish chiroqlari va beton ariqlari betonlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi

Olmazor tumanidagi “Axil” mahallasi "Uzumbog'", ko‘chasining tungi yoritish chiroqlari hamda beton ariqlari ta’mirlash masalalari edi. Mazkur murojaatlar asosida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Xasanov Abdujalil Abdug'ofurovich tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari D.Mirxalikov nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Deputatlik so‘roviga javoban, ushbu masala yuzasidan tuman mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, yoʻllarni ta’mirlash va tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish boʻyicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan atroflicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda va hududlardagi ta’mirtalab boʻlgan ichki yoʻllarini ta’mirlash boʻyicha ishlar yetarli moliya manbasi aniqlanganidan soʻng tegishli soha vakillari tomonidan bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi toʻgʻrisida ma’lum qilamiz.

Mazkur masala tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan tartibda ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Ushbu masala deputat A.Xasanov tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan tartibda ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 1