35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatida ochiqlik va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega
янв.21
Deputatlar Devoli Kundalang mahallasidagi muammolarni o‘rgandilar.
янв.21
Dorixonalar faoliyati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Geologlar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Deputat “Dolzarb 40 kunlik” doirasida saylov okrugidagi o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda
янв.21
Hududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindiHududdagi muammolar fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Chiqindilarni qayta ishlash loyihasi o‘rganildi
Termizda ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov "Abdulla Avloniy" mahallasidagi 19-sonli Maktabgacha ta'lim muassasasi (MTT)ning qaror asosida 280 o‘rinli binoda rekonstruksiya qilish ishlarini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi. Ushbu rekonstruksiya jarayoni shahar aholisi, xususan, yosh avlod uchun zamonaviy va sifatli ta'lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputat nazoratining maqsadi:

⏺Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash.

⏺Qarorda ko‘zda tutilgan 280 o‘rinli zamonaviy MTT binosining qurilish jarayonida sifat standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.

⏺Muddati o‘tgan yoki texnik jihatdan eskirgan binolarni rekonstruksiya qilish orqali xavfsiz va qulay ta'lim muhitini yaratish.

Deputat nazorati va nazorat tadbirlari shahrimizda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, aholining turmush sifatini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 8