Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish obyektlari faoliyati va qonunchilik talablari o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi.
янв.21
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said MFYdagi muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Murod Avliyo jome masjidi qurilishida navbatdagi muhim bosqich boshlandi.
янв.21
Botir Zokirov MFYda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari A.Uljayeva, K.Xakimova, I.Qo‘chqorova, N.Turdiyev, D.Egamqulova va X.Ishimovlar ishtirokida Oqoltin “Yangi davr” mahallasi hududida joylashgan tuman Madaniyat bo‘limi binosida A.Navoiy, “Ko‘rkam diyor”, “Yangi davr” MFYlarning yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari A.Uljayeva, K.Xakimova, I.Qo‘chqorova, N.Turdiyev,
D.Egamqulova va X.Ishimovlar ishtirokida Oqoltin “Yangi davr” mahallasi hududida joylashgan tuman Madaniyat bo‘limi binosida A.Navoiy, “Ko‘rkam diyor”, “Yangi davr” MFYlarning yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

 Ushrashuvda 2025-yilda mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026-yilga mo'ljallangan rejalar kelishib olindi. 

  - “Yangi davr” mahallasi Talabalar ko‘chasi 12-ko‘p qavatli uyning ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish; 

- “Yangi davr” mahallasi Yoshlar ko‘chasi 13-ko‘p qavatli uyning yonidagi ko‘chaga ichki lotokchalar o‘rnatish; 

- A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini Samarqand ko‘chasiga asphalt qoplama qoplash, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish; 

- A.Navoiy mahallasi hududida joylashgan 7-sonli musiqa va san’at maktabi faollar zalini ta’mirlash. 

 Deputatlar tomonidan muammo va takliflar ijrosi yuzasidan tegishli mutasadi rahbarlarga topshiriq va tavsiyalar berildi. 

  

  

✍️ Xalq deputatlari
Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 10