Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

 Olmazor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Raxmatullayev ishtirok etdi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 462-sonli Qarori asosida o‘tkazildi.

Tanlov doirasida mahallalardan tavsiya etilgan ijtimoiy loyihalar tuman komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida atroflicha ko‘rib chiqildi va baholandi.

✅ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash,

✅ Kamida 3 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlash,

✅ Kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy faollikni oshirish,

✅ Loyihalarning iqtisodiy barqarorligi va daromadliligi, kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3