Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Yoshlar tashabbuslari – Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevori

Yoshlar tashabbuslari – Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevori

2026-yil 26-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminova Aziza Marksovna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati G. Xasanovalar "Profi University" Navoiy Filialida bo‘lib, yoshlar bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar.

Tadbir “Yoshlar tashabbuslari – Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevori” mavzusida tashkil etildi. Unda talabalar, yosh tadbirkorlar, faol yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv avvalida so‘z olgan deputatlar 2026-yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotning ahamiyatiga to‘xtaldilar. Ta’kidlanganidek, mazkur uchrashuv yoshlar siyosatida yangi bosqichni boshlab bergan, amaliy qarorlar va aniq moliyaviy imkoniyatlar bilan boyitilgan tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni moliyalashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, grantlar va subsidiyalar yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochayotgani alohida qayd etildi. Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qonunchilikka oid taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Deputatlar tomonidan har bir murojaat yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi, amaliy takliflar qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida bir fikr alohida urg‘u bilan ta’kidlandi: yoshlar nafaqat kelajak egalari, balki bugungi islohotlarning faol ishtirokchilari hamdir. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, avvalo, bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar qo‘lida ekani qayd etildi. Tadbir yakunida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va takliflarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.Mazkur uchrashuv yoshlarda yuksak fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 3