Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Deputatlik nazorati orqali mahallada elektr ta’minoti mustahkamlanmoqda

Deputatlik nazorati orqali mahallada elektr ta’minoti mustahkamlanmoqda

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari — Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonova tuman Kengashi sessiyasida qabul qilingan qaror ijrosi bilan tanishish maqsadida joyiga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. 

🔹 O‘rganishlar davomida Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 10 ta elektr tayanch ustunini o‘rnatish ishlari samarali olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. 

🔹 Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida mahallada elektr tarmoqlari barqarorligi sezilarli darajada yaxshilanib, aholi uchun qulay va ishonchli muhit yaratildi. 

🔹 Deputatlik nazorati faqat qarorlar ijrosini kuzatish emas, balki hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, muammolarni o‘z vaqtida hal etish va fuqarolar manfaatlarini samarali himoya qilishda ham muhim vosita hisoblanadi.

Telegram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 3