Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Tumanda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilab olingan ustuvor vazifalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tumanda aholi doimiy ish bilan ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan belgilab olingan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev hamda kotibiyat xodimlari tomonlaridan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘rganish oʻtkazildi.

O‘rganish davomida bo‘lim rahbari A.Kanakov tomonidan tumanda 34773 nafar aholining bandligini ta’minlash rejalashtirilganligi, shundan 4835 nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlanishi, “Loyihaviy yondashuv” asosida 23572 nafar aholi daromadi oshirilishi, 6366 nafar ish o‘rinlari soyadan chiqarilishi, shu bilan birga, tumanda 2200 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 4834 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilab olinganligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, 9906 nafar fuqarolarning pilla qurti boqish orqali daromadlarini oshirish belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

O‘rganish davomida deputatlar qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Slide 1 of 6