Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
deputati Erkin Abduraxmonov, Turkiston mahallasi xotin-qizlar faolining faoliyatini o‘rgandi.

11-«Turkiston» saylov okrugi deputati Erkin Abduraxmonov, Turkiston mahallasi xotin-qizlar faolining faoliyatini o‘rgandi.

Bugungi kunda Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining 2026-yil 7-fevraldagi 2-sonli bayoni bilan “Ayollar daftari” tizimining 7-bosqichi bo‘yicha xatlov o‘tkazilgan.30 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan xotin-qizlardan “Ayollar daftari” ga mahalla bo‘yicha 120 nafar ayollar kiritilib, 5 ta toifaga ajratilgan, ulardan:

- 45 nafari ijtimoiy himoyaga muxtoj ishsiz xotin-qizlar;

-1 nafari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlar;

-1 nafar uy-joy sharoitini yaxshilashga muxtoj xotin-qizlar;

-57 nafari tibbiy psixologik yordamga muxtoj xotin-qizlar;

-16 nafari huquqiy yordamga muxtoj xotin-qizlar toifasiga kiritlayotganligi aniqlandi.

“Ayollar daftari” tizimi doirasida amalga oshirlayotgan ishlarni mahalla darajasida muvofiqlashtirish xolati bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mahalladagi extiyojmand xotin-qizlar bilan suxbat o‘tkazildi.

Slide 1 of 4