Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Shahrisabz tumanida „Yashil makon“: Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda

2026-yilning bahoroldi kunlarida Shahrisabz tumanida ko‘kalamzorlashtirish va hududlar ozodaligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov tuman hokimi S.Xasanovning tavsiyalariga asosan, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va mahalliy aholi hamjihatlikda ishtirok etib, joylarda obodonlashtirish ishlari tashkil etilmoqda. 

Hududlarning iqlim sharoitiga mos bo‘lgan manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Bu nafaqat hudud ko‘rkini, balki ekologik musaffolikni ham ta’minlaydi.

Mahallalardagi ariq-ovullar chiqindilardan tozalanib, suv yo‘llari tartibga keltirildi. Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ushbu ishlar sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Aholi dam olishi va tuman qiyofasini go‘zallashtirish maqsadida mahallalarda yangi yashil hududlar barpo etilmoqda.

Slide 1 of 4