Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Deputat mahallada

 Mahallabay ishlash tizimi deputat nazoratida 

22-Guliston saylov okrugi deputati R. Muxtorova
hududdagi hokim yordamchilari faoliyatini o‘rgandi. Asosiy e’tibor — aholini
kambag‘allikdan chiqarish va bandlikni ta’minlashga qaratildi.
 

O‘rganish davomida nimalarga urg‘u berildi? 

Real natija: Hokim yordamchilarining
"xonadonbay" ishlash tizimi va oilalarning daromad manbalarini
yaratish borasidagi amaliy ishlari;
 

Tadbirkorlikka ko‘maklashish: Imtiyozli kreditlar va
subsidiyalarning manzilli ajratilishi;
 

Ish o‘rinlari: Mahalladagi ishsiz fuqarolarni
kasb-hunarga yo‘naltirish va doimiy bandligini ta’minlash holati.
 

Deputat tomonidan har bir hokim yordamchisiga aholi
bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va muammolarni joyida hal etish bo‘yicha
tegishli tavsiyalar berildi.
 

Xalq vakilining nazorati — islohotlar
samaradorligining garovidir.