Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Deputat mahallada

 🛒 Bozorlarda narx-navo barqarorligi — deputat nazoratida 

Ramazon oyida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan
talab ortishi tabiiy. Shu munosabat bilan, 14-Mingtepa saylov okrugi deputati
B. Abdurahmonov hududdagi dehqon bozorlari va savdo rastalarida o‘rganish
o‘tkazdi.
 

O‘rganishning asosiy maqsadlari: 

Narx-navo barqarorligi: Aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan mahsulotlar (go‘sht,
yog‘, un, shakar, tuxum va sabzavotlar) narxlarining asossiz oshib ketmasligini
ta’minlash;
 

Mahsulotlar zaxirasi: Bozorlarda yetarli miqdorda mahsulotlar mavjudligi va ta’minotdagi
uzilishlarning oldini olish;
 

Sifat nazorati: Sotilayotgan mahsulotlarning sanitariya talablariga javob berishi. 

Natija: Deputat tomonidan bozordagi tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazildi. Ramazon oyi davomida
aholi uchun qulay muhit yaratish, narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik va
"arzonlashtirilgan savdo rastalari" faoliyatini tizimli tashkil etilganligi
o‘rganildi.
  

Slide 1 of 2