Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Humo mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Vasila Soliyeva tumandagi Humo mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini atroflicha o‘rgandi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchisi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududdagi kriminogen vaziyat, so‘nggi davrda qayd etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari hamda profilaktik tadbirlar samaradorligi muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli salbiy illatlarning oldini olish, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tungi nazorat reydlarini kuchaytirish, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan individual profilaktik suhbatlar o‘tkazish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada faollashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

O‘rganish jarayonida mahallada mavjud muammolar, jumladan, ayrim ko‘chalarda yoritish tizimini yaxshilash, nazorat kameralari o‘rnatish, yoshlarni sport va to‘garaklarga kengroq jalb etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlarda tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Deputat tomonidan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlash hamda mahallada tinch va osoyishta muhitni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi o‘rganish va monitoring ishlari hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning osoyishta hayot kechirishi hamda mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3