Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tinchlik va barqarorlik - muhim masalaBugun dunyo miqyosida geosiyosiy vaziyat murakkablashib, global xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalari dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bir paytda AQShda Tinchlik kengashining birinchi sammiti o‘tkazilishi xalqaro munosabatlar tizimida muhim voqea sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu sammit muloqot, o‘zaro ishonch va hamkorlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yangi mazmun bilan boyitishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir. Ayniqsa, ushbu anjuman doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining faol ishtiroki mamlakatimizning ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosat yuritish borasidagi izchil sa’y-harakatlarining amaliy ifodasi bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqida O‘zbekiston tashqi siyosatda ochiqlik, mintaqaviy hamkorlik va barqarorlik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. Prezident global va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida to‘xtalib, dunyoda vujudga kelayotgan tahdid va xatarlarni bartaraf etishda muloqot va diplomatik yondashuv ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Kelishmovchiliklarni kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki muloqot va o‘zaro ishonch asosida hal etish zarurligi ta’kidlandi.Ushbu pozitsiya O‘zbekistonning so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan tinchliksevar va konstruktiv tashqi siyosatiga to‘liq mos keladi. Mamlakatimiz xalqaro munosabatlarda o‘zaro hurmat va tenglik tamoyillarini ilgari surib kelmoqda. Ma’ruzada, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhimligi alohida ta’kidlandi. Keyingi yillarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi ochiq muloqot va hamkorlik muhiti barqaror iqtisodiy o‘sish va siyosiy barqarorlik uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Prezident tomonidan ilgari surilgan aniq tashabbus va amaliy takliflar nutqning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi. Ushbu nutq nafaqat umumiy chaqiriqlar bilan cheklanmay, balki real harakatlar dasturini o‘z ichiga olgani bilan ahamiyatlidir. AQShda o‘tkazilayotgan Tinchlik kengashining birinchi sammiti O‘zbekiston uchun siyosiy va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ushbu anjuman mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, strategik sheriklar bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va global tinchlik tashabbuslarini ilgari surish imkonini beradi.T.MAMUTOV, Xalq deputatlari Qonliko‘l tumani Kengashi kotibiyati mudiri