Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Deputat saylovchilar muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 16-Sho‘rob okrugidan saylangan deputat Jumayeva Svetlana Petrovna o‘zi saylangan hududda saylovchilari bilan uchrashuv tashkil qildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar tomonidan qilingan mavjud muammolarni murojaatlarni qayd qilish daftariga ro‘yxatga oldi. Murojaatlarni hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarining ma’sul xodimlari bilan muloqot qilib fikrini eshitdi. Muammolarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Uchrashuvda saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar aholining moddiy, ijtimoiy, iqtisodiy va shu kabi boshqa holatlari bo‘yicha qayd etildi.

Muammolar yo‘nalishi bo‘yicha deputat tomonidan tegishli muassasa va tashkilotlarga “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan deputat so‘rovi yoki murojaat yuborish belgilab olindi.

Slide 1 of 4