Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
янв.21
🚨Samarqand shahrida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalasi sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 12-fevral kuni shahar hokimligining majlislar zalida o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi o‘tkazildi

Bugun (16.02.2026 й ) Namangan shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

1. 2025-yil davomida Namangan shahar prokuraturasining qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

2. 2025-yil 26-fevraldagi VII-5-15-6-91-K/25 sonli Namangan shahar mahalliy budjeti 2025-yil boshida aniqlangan erkin qoldiq hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi Kengash qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida;

3. Namangan shahridagi mahallalarda biznes infratuzilmasini yaxshilash, loyihaviy yondashuv asosida ularning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish hamda shahar hokimligi tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida tanlangan og‘ir toifadagi mahallalarni tasdiqlash va ularga zarur infratuzilmani yaratish uchun Davlat byudjetidan moliyalashtirishni amalga oshirish to‘g‘risida;

4. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2025-yil 21-oktabrdagi “Viloyatda alohida tuman va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-15-132-6-0-K/25-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;

5. Namangan shahar soliq inspeksiyasining 2025-yil IV chorak davlat daromadlarini rejasining bajarilishi to‘g‘risida;

6. Namangan shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan 2025-yil IV-chorak davomida aholini daromadli mehnat bilan band qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

7. 2025-yil davomida Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart – sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarni to‘g‘risida;

8. “Namangan suv ta’miinoti” AJ Namangan shahar filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qarori ijrosi yuzasidan suv ta’minoti va oqava suv xizmati tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

9. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida;

10. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yilga belgilangan ish-rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Sessiya yakunida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10