Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
янв.21
🚨Samarqand shahrida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalasi sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 12-fevral kuni shahar hokimligining majlislar zalida o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari

Farg‘ona shahrida Afg‘oniston hududidan harbiy qo‘shinlar cheklangan kontingentini olib chiqilganligining 37 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Afg‘oniston tuprog‘ida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatilib, ularning porloq xotirasi yod etildi. Shuningdek, bugungi kunda safimizda bo‘lgan faxriy jangchilarning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirish borasidagi ulkan hissasi alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Mexmonov tomonidan Afg‘onistondagi harakatlar ishtirokchilari yuksak jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgani, ularning hayot yo‘li va ibratli faoliyati yoshlar uchun haqiqiy maktab ekani qayd etildi. Faxriylarga ezgu tilaklar bildirilib, ularga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida viloyat san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga havola etildi.

Slide 1 of 3