Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
DEPUTATLIK NAZORATI TADBIRLARI O‘TKAZILDI

Tuman hokimi Mavlyanov Otabek Rustamovich hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Jobu” mahallasida joylarga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi tomorqa yerlarini sug‘orish tizimining texnik holati atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularning kelib chiqish sabablari batafsil o‘rganildi. Suv ta’minoti barqarorligini ta’minlash infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati davomida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi. Mazkur masalalar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3