Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
янв.21
🚨Samarqand shahrida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalasi sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 12-fevral kuni shahar hokimligining majlislar zalida o‘tkazildi.
Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi Kosonsoy tumanida amaliy tashrif

Oliy Majlis deputatlari D.Azizova A. Temirov hamda Viloyat Milliy tiklanish partiyasi raisi S. Mirzaev Kosonsoy tumanining Tagijar mahalla fuqarolar yig‘iniga amaliy tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar mahallada barpo etilgan Ijtimoiy inson markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurilib, ta’lim sifati, o‘quv jarayoni, maktabning moddiy-texnik bazasi va o‘qituvchi-o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi. Suhbatlar davomida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida fikr almashildi.

Slide 1 of 7