Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
🎓 Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi” faol davom etmoqda!
янв.21
📣📌 MAHALLADA YANA BIR MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
📌 Deputatlar ishtirokida muhim masalalar muhokama etildi.
янв.21
📣📌 SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MANFAATI YO‘LIDA AMALIY QADAM
янв.21
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
📚 TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI 🗞 “Samarqand” gazetasining 2026-yil 17-yanvar kungi 2 (2619)-sonida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Pardayevning “TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar
Murojaatnoma

Har bir mahallada 40 tadan mikroloyiha amalga oshiriladi

2026-yilda “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trln. so‘m kredit beriladi. Har bir mahallada 40 tadan mikroloyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga yana 7,5 trln. so‘m resurs ajratiladi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida yakuniga yetayotgan yil ham mamlakatimiz uchun g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgani bejiz ta’kidlanmadi. Keskin iqlim o‘zgarishlari, suv va tabiiy resurslar tanqisligi yetmaganidek, geosiyosiy notinchliklar iqtisodiy va siyosiy inqirozlarni yanada kuchaytirdi.

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ortga qaytmas Yangi O‘zbekiston islohotlari qat’iy davom ettirildi va barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Albatta, bu xalqimizning, davlatimizning katta yutug‘idir.

O‘tgan yilda tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 mlrd dollardan oshdi. Oltin-valyuta zaxiramiz esa ilk bor 60 mlrd. dollarga yetdi. 5 mln. aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 dan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi va yurtimizda bu bordagi ko‘rsatkich yil boshidagi 8,9 dan 5,8 foizga tushdi.

Eng muhimi, har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson islohotlarimiz samarasini kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik.

Prezidentimiz Murojaatnomada biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘yayotganimizni ta’kidlab, iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori samaradorlikka erishish kelgusi yilda ham islohotlarimizning bosh maqsadi bo‘lishini qayd etdi.

Ayniqsa, iqtisodiyotimizning qon tomiriga aylangan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga har qachongidanda katta e’tibor qaratiladi. Buning isbotini 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarmasligi yoki tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trln. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun esa 140 trln. so‘m resurs berilishi, shundan 43 trln. so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishidan ham bilish mumkin.

Shuningdek, 2026-yilda “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trln. so‘m kredit beriladi. Har bir mahallada 40 tadan mikroloyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga yana 7,5 trln. so‘m resurs ajratiladi.

Bunday ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Maqsad 2026-yilda 1 million odamni doimiy ish bilan ta’minlab, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizga tushirishdir. Eng asosiysi, kelgusi yili iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 mlrd dollarga yetkazdir.

Albatta, bu jarayonda tadbirkorlarimiz hal qiluvchi kuch sifatida maydonga chiqib, sanoat va servis obyektlarini tashkil qilish orqali doimiy ish o‘rni yaratishda yanada faol bo‘lmog‘i lozim. Davlatimiz esa buning uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratadi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, biz – bugun 38 milliondan ziyod katta xalqmiz. Mashaqqatli va sharafli mehnatimiz bilan dunyoda hurmat topayotgan, ertangi kunga ishonch bilan dadil borayotgan, matonatli va g‘ururi baland millatmiz. Biz o‘zgarishlarni kutib yashamaymiz, aksincha, ularni o‘zimiz, o‘z aql-zakovatimiz va mas’uliyatli mehnatimiz bilan yaratamiz.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi Ashurov Mas'ud Ismoilovich