Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Deputatlar tashabbusi hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 5-fevral kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
Deputat saylovchilarga hisobot berdi
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Narpay tumanida Ishchi guruhlar o'rganishlari davom etmoqda
янв.21
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi AI muhbirimiz talqinida
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
Saylovchilr bilan uchrashuvlar davom etmoqda

 Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputati Zayni Shukurov Koson tuman Bunyodkor mahallasi yettiligi bilan birgalikda Koson tuman 93-sonli mumta’lim maktabida
o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va saylovchilari oldida axborot berdi.
 

Uchrashuvda 51 nafar fuqarolar qatnashdi, maktablardagi davomad masalalari, erta turmush qurishlarni va to‘ylardagi dabdababozliklarni oldini olish, obodonlashtirish,
xonadondda va tomorqalarda oziq-ovqat va sabzavot ekinlari ekish, bahor faslida ko‘kalamzorlashtirish va halq hashari uyushtirish, “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida mevali va manzarali darax ko‘chatlarini ekish, imtiyozli kridetlar olib ulardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 

Deputat bilan uchrashuvda aholi tomonidan suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berish va maxalla ichida piyodalar yo‘lagi barpo etish takliflari berildi. 

Uchrashuvda bildirilgan taklif va mavjud muammolarni tuman tashkilotlari bilan tizimli hal qilish choralari ko‘rilishi bildirildi. 

Uchrashuv savol-javoblar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi, berilgan savollarga deputat Zayni Shukurov tomonidan javoblar berildi. 

Deputat Zayni Shukurov tomonidan homiylik asosida mahalladagi boquvchisini yo‘qotgan va nogironligibo‘lgan oilalarga hayit arafasida oziq-ovqat mahsulotlari berildi. 

Slide 1 of 4