Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Deputatlar tashabbusi hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 5-fevral kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
Deputat saylovchilarga hisobot berdi
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Narpay tumanida Ishchi guruhlar o'rganishlari davom etmoqda
янв.21
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi AI muhbirimiz talqinida
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
Davlat ijtimoiy yordamlarining manzilli ta’minlanishi – adolatli jamiyat garovi

Davlat ijtimoiy yordamlarining manzilli ta’minlanishi – adolatli jamiyat garovi

Bugungi kunda yurtimizda aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot darajasini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlarning manzilli ta’minlanishi bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati N. Boymuratova Uyg‘ur mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida mahallada istiqomat qiluvchi aholi, xususan, kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslar va keksa avlod vakillarining murojaatlari o‘rganilib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 1