Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Deputatlar tashabbusi hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 5-fevral kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
Deputat saylovchilarga hisobot berdi
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Narpay tumanida Ishchi guruhlar o'rganishlari davom etmoqda
янв.21
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi AI muhbirimiz talqinida
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
Doimiy komissiyalarning qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

🔹Bugun 26-mart kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari komissiyalarning Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹Kun tartibida:

Bo'stonliq tumanida oltinchi bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida;

🔹Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to'g'risida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ga asosan Bo‘stonliq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratini amalga oshirish rejasi ijrosi to‘g‘risida; 

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmonini joriy yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida; 

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining Bo‘stonliq tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida mas'ullarning hisobotlari eshitildi.

🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5