Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
INSON AZIZ – XOTIRA MUQADDASDIR!

 INSON AZIZ – XOTIRA MUQADDASDIR! 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboyev loyihasi va tashabbusi asosida
tumanning Oqbilol mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan “Oqbilol ota”
qabristoni shaharsozlik hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga muvofiq qayta
qurilib,
mahallada istiqomat qiluvchi
fuqarolar bilan hashar o‘tkazilib, obodonlashtirish ishlari olib borilib, yoshi
ulug‘ nuroniylar duolari bilan birgalikda foydalanishga topshirildi.
 

Mana shunday hayrli ishlarni
boshida turib, mahalladoshlarning hurmatiga sazovor bo‘lib, Jonajon xalqimizni
duolarini olib kelayotgan oliyjanob deputatlar aynan O‘zbekiston “Adolat” SDP
deputatlari safida ekanligi bizni yanada g‘ururlantiradi.
 

Zero, har bir insonning
jamiyatda o‘z o‘rni, mavqei, izzat-hurmati bo‘lgani kabi, u vafot etganidan
keyin ham ortda qolganlar xotirasida shu izzat-hurmat saqlanishi kerak.
Muqaddas dinimizda o‘tganlar qabrini ziyorat qilish ham katta savoblar qatoriga
kiritilgan. Marhumlar qo‘nim topgan maskanlarni obod qilish va ularning
haqlariga duolar qilish barchamizning insoniy burchimizdir.
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP
Farg‘ona tuman Kengashi raisi N. Karimov
  

Slide 1 of 1