Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
KOTIBIYATDA KUNLIK USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
#kotibiyat_kunlik_ishlar

KOTIBIYATDA KUNLIK USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

13-oktabr kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida kun davomida amalga oshiriladigan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov rahbarligida, mutaxassislar Z. Temirova va I. Ikromov ishtirokida o‘tkazilgan ishchi muhokamada deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish, 24 ta tavsiyada belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tahliliy ishlarni davom ettirish hamda o‘rganish natijalarini aniq xulosalar va amaliy takliflar bilan mustahkamlash vazifalari belgilandi.

Shuningdek, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar asosida sessiyaoldi o‘rganish ishlarini tashkil etish, masalalarning mazmun-mohiyatini tahlil qilish, tegishli ma’lumotlarni o‘rganish va sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi talablari asosida deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va saylov okruglaridagi dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan ishlarni jadallashtirishga ham e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi va ekspert guruhlari faoliyatini rivojlantirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohaviy tahlillar asosida takliflar ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish, sessiyaoldi o‘rganish natijalarini tegishli tartibda rasmiylashtirish va amalga oshirilgan ishlarni Kengashning rasmiy axborot resurslarida yoritib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Asosiy maqsad — Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, sessiya masalalarini puxta o‘rganish va hudud aholisini qiynayotgan muammolar yechimiga amaliy hissa qo‘shish.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash