Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
🔰Inson qadri va farovonligi yo‘lida.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi Musaxon Imomov 15-“Xalqobod” saylov okrugiga qarashli “Xalqobod” MFYda istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Mazkur tadbir aholining real muammolarini tinglash va ularni joyida tezkor hal etish maqsadida tashkil etildi.

🔸Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan hududni rivojlantirishga oid qator dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Xususan, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichki yo‘llarni taʼmirlash va asfalt yotqizish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish hamda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi murojaatlar uchrashuvning bosh mavzusiga aylandi.

🔸Shahar Kengashi raisi ko‘tarilgan muammolarning aksariyatini joyida hal etdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi Kengash nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3