Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Mahallada xotin-qizlar va ijtimoiy hodim faoliyati o‘rganildi

Mahallada xotin-qizlar va ijtimoiy hodim faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati G.Baynazarova nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Yuqoriovul mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

🖊O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, oilaviy muammolarning oldini olish hamda ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🖊Ijtimoiy xodimning faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa yordamga ehtiyoji bor fuqarolarni aniqlash, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish hamda zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

❗️Mahallalarda xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rganish aholi muammolarini joyida aniqlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2