Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
MAHALLA YETTILIGI — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISHNING MUHIM BO‘G‘INI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Shodlik mahallasidagi mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olib borayotgan ishlari, aholi bilan muloqot qilish amaliyoti, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni tegishli tartibda hal etish jarayonlariga e’tibor qaratildi.

Jumladan, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish, yoshlar hamda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, shuningdek, oilalardagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holatini o‘rganishda manzilli yondashuv, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda har bir murojaat ortidan amaliy natijaga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat V.Xasanov tomonidan mahalla yettiligi faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi faoliyatida mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, ishlarni yanada tizimli tashkil etish, aholi bilan muntazam muloqot qilish va hududdagi muammolarni muammo paydo bo‘lgandan keyin emas, uni oldindan aniqlagan holda bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini nazoratsiz qoldirmaslik va har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijaga erishish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3