Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TUMAN SPORT MAKTABIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashda sport maktablarining o‘rni muhim.

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi bosh mutaxassisi D.Tojiqulov tomonidan tuman sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport maktabida mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud sport inshootlari va jihozlarning holati, ularning yoshlar uchun qulayligi hamda sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan sport maktabida sharoitlarni yanada yaxshilash, mashg‘ulotlar sifatini oshirish va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda munosib sportchilarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3