Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
MARKAZIY POLIKLINIKADA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Yoqubov tomonidan Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinikaga murojaat qilayotgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, tibbiyot xonalarining holati hamda mavjud tibbiy jihozlardan foydalanish samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, kutish joylarining holati, bemorlar uchun zarur sharoitlarning mavjudligi hamda tibbiy xizmatlarni yanada qulay tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3