Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
KENGASH FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputatlar hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kengash faoliyatini samarali va tizimli tashkil etish, deputatlik korpusi bilan ishlashni muvofiqlashtirish, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada kuchaytirish hamda aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, deputatlik so‘rovlarini belgilangan tartibda yuborish va ijrosini nazorat qilish, Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining Kengash faoliyatidagi ishtirokini yanada kuchaytirish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, aholi murojaatlarini nazoratga olish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1